“Mirzo Ulug‘Bek vorislari” Respublika tanlovi

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi o‘tkazilmoqda.
Joriy yiln

ing 14-mart kuni “Mirzo Ulug‘bek vorislari” koʻrik tanlovi Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi hokimlik binosida boʻlib oʻtdi. Bunda “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasining EcoEnergy jamoasi aʼzosi Shukurullayev Toshpoʻlat muvaffaqiyatli ishtirok etdi va yuqori natija koʻrsatib tuman gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Viloyat bosqichiga yoʻllanmani oldi.
"MikroGES" loyihasining taqdimotini bilan ishtirok etgan talabaga hakamlar hayʼati tomonidan esdalik sovgʻalar topshirildi. Koʻpgina qatnashuvchilar orasidan oʻzining loyihasi bilan gʻolib boʻlgan talabamiz viloyat bosqichida ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritishni oldiga maqsad qilgan. EcoEnergy jamoasining boshqa hududlarda ishtirok etayotgan a’zolaridan ham yuqori natijalar kutib qolamiz.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari “ kafedrasi tayanch doktoranti Alisher Davirov axboroti